Pochettino Chempionlar ligasida kim favoritligini aytdi

  • 30 aprel, 2019, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Ayaks”ga qarshi yarim final bahsi va jamoasining musobaqa g‘olibi bo‘lish borasidagi fikrini bildirib o‘tdi.

“Chorak finalda nimalar bo‘lganini inobatga olsak, yarim finalda favoritlar yo‘q. Menimcha yagona favorit bu Messi o‘ynaydigan jamoa, ya’ni “Barselona”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” bugun musobaqaning yarim final dastlabki bahsida o‘z maydonida “Ayaks”ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini esa 9 may kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!