Pochettino eski shogirdini PSJga olib keladi!
Angliyaning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Dele Alliga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida mashhur sport jurnalisti Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yaqindagina jamoa bosh murabbiyligiga tayinlangan Maurisio Pochettino eski shogirdini o‘zining yangi jamoasiga olib kelishga jiddiy bel bog‘lagan. Klub rahbariyati ham argentinalik mutaxassisning rejalariga quloq solmoqda va unga imkoniyat berish niyatida. Transfer yaqin kunlarda amalga oshish ehtimoli mavjud.
Ushbu mavsumda etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Alli ham bu transferga qarshi emas.

Fikrlar