Pochettino ko‘p gol ura olmayotgan “Chelsi”ga zo‘r hujumchi tanladi

  • 3 oktabr, 2023, 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” transferlar davrida yangi futbolchilarga eng ko‘p xarajat qilganiga qaramay, bosh murabbiy Maurisio Pochettino jangovar tarkib shakllantira olmadi.

Argentinalik mutaxassis birinchi navbatda hujum chizig‘ini kuchaytirish kerak, degan xulosaga keldi.

TodoFichaes nashrining yozishicha, “aristokratlar” bosh murabbiyi nazariga “Yuventus” forvardi Dushan Vlaxovich tushgan.

Serbiyalik hujumchining transferi 80 million evroga baholanmoqda. Bu summa “Chelsi” xo‘jayinlariga ortiqcha muammo tug‘dirmaydi.

Maurisio Pochettino  agar bu transfer o‘xshamasa, zaxira varianti sifatida “Atletiko” vakili Alvaro Morata va “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen nomzodini bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!