
Pochettino La Liga klubiga rad javobini berdi
Murabbiy Maurisio Pochettino Ispaniya La Ligasi klubidan kelgan taklifga rad javobini berdi.
Yozdan beri ishsiz yurgan PSJ sobiq ustozi “Vilyarreal”dan taklif oldi, ammo u ushbu klubda ishlamoqchi emasligini bildirdi, deb xabar berdi "El Larguero". "Sariq suv osti kemasi" rahbariyati "Aston Villa" bilan shartnoma imzolagan Unai Emeri o‘rniga nomzod qidirmoqda. Maurisio rad etgancha, asosiy favorit Kike Seten bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maurisio Pochettino Stiven Jerrardni ishdan bo‘shatgan "Aston Villa"da ish boshlashi bilan bog‘liq mish-mishlar tarqalgan edi. Taxminlarga ko‘ra, argentinalik top-klublardan taklif kutmoqda.
Fikrlar