Pochettino "Liverpul" futbolchisini Parijga olib kelmoqchi

  • 20 may, 2021, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Liverpul” klubi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum yozda "Liverpul"ni tark etishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli gollandiyalik futbolchiga PSJdan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino tarkibda ko‘rishni xohlayapti.

Argentinalik mutaxassisning fikricha, Marko Verratti tarkibda yo‘q bo‘lgan paytda, jamoaning markaziy chizig‘ida jiddiy kamchiliklar paydo bo‘lmoqda. Veynaldumning sotib olinishi bilan aynan mana shu kamchilik bartaraf etilishi mumkin.

Veynaldum joriy mavsum premer-ligada 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!