
Pochettino Mbappeni Londonga olib ketmoqchi!
"Chelsi" klubi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hujumchining transferini londonliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning shaxsan o‘zi so‘ragan. Klub Kilian transferi uchun pul va yana bir qancha futbolchilarni taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘plab manbalar futbolchining "Real"ga o‘tishini yozmoqda. Biroq hali hech qanday rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Fikrlar