
Pochettino: Mening klubim APLni o‘zgartirib yuborgan
"2013-2014 yilgi "Sautgempton" ingliz futbolini o‘zgartirib yuborgan. Boshqa hech bir klub APLga bu darajada katta yangilik olib kirmagan.
Klub prezidenti Nikolya Korteze bizga noodatiy jamoa tuzish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergandi. Biz yigitlar bilan Angliyada ispancha futbol o‘ynay boshlagandik. Jamoamiz to‘liqligicha yoshlardan iborat edi. Aynan bizning muvaffaqiyatli mavsumimizdan so‘ng premer-ligada yoshlarga imkon bera boshlashdi. Bu holatni Angliya terma jamoasida ham kuzatishimiz mumkin", - deydi 48 yoshli murabbiy.
Fikrlar