Pochettino nega “Chelsi” taklifini darrov rad etdi?

  • 6 aprel, 2023, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” bosh murabbiylikka chaqirayotgan nomzodlar orasida ishsiz yurgan Maurisio Pochettino ham bor edi.

Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, bundan avval, argentinalik mutaxassis “aristokratlar” bilan uchrashib, ularning loyihasini o‘rganib chiqqanini xabar qildi. Pochettinoga “Chelsi” loyihasi ma’qul kelmagan va shuning uchun jamoani boshqarish bo‘yicha taklifga darrov rad javobini berdi.  

Qizig‘i shundaki, Mauriso Pochettino o‘zi avval ishlagan “Tottenxem”ga qaytishni rejalashtirayotgan edi.

Biroq, klub prezidenti Daniel Levi futbolchilar va muxlislar jamoa boshqaruvida argentinalik mutaxassisni ko‘rishni istayotganiga qaramay, uni ortga qaytarmasligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!