Pochettino: "Nima qilayotganimizni bilamiz"

  • 18.09.2023 10:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" APLning 5-turida "Bornmut" maydoniga safar uyushtirib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bahsdan so‘ng "aristokratlar" ustozi Maurisio Pochettino o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"To‘g‘ri, muxlislarning ushbu o‘yindan hafsalasi pir bo‘ldi. Ammo men xavotir olmayapman. Sababi, biz nima qilayotganimizni yaxshi bilamiz. Xursandman, deya olmayman, lekin raqobatli bahs bo‘ldi. Ko‘proq vaziyat yarata oldik. 12 ta futbolchimiz jarohat olgan, tarkibdagi 3 dona futbolchi 2 hafta davomida biz bilan birga bo‘lgan".

"Vaziyatlarni yakunlashda sovuqqonroq harakat qilishimiz kerak. Uchrashuvni kamida 1:0 hisobida yutishimiz mumkin edi", - dedi argentinalik mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!