Pochettino PSJ bilan shartnomani nega bekor qilmoqchi?

  • 31 may, 2021, 13:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Pari Sen-Jermen" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa rahbariyatidan amaldagi shartnomani muddatidan avval bekor qilishni so‘ramoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, 49 yoshli argentinalik mutaxassis klubning ichida bo‘layotgan jarayondan norozi. Pochettinoga asosiy nomzod sifatida "Real" va "Tottenxem" klublari tilga olinmoqda.

Maurisio Pochettino PSJni 2021 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘tgan mavsum Frantsiya kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi.

PSJ Frantsiya chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Parij klubi chempionlik kurashida “Lill”ga imkoniyatni boy berdi va 2-o‘rinda qolib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!