
Pochettino PSJga “Tottenxem” yulduzini olib keladi
Maurisio Pochettino PSJ jamoasini qabul qilib oladigan bo‘lsa, birinchilardan bo‘lib Joze Mourino bilan chiqisha olmayotgan “Tottenxem” yulduzi Deli Allini olib kelishni rejalashtirmoqda.
Angliyalik futbolchi Joze Mourino kelguniga qadar London klubining asosiy futbolchisi bo‘lgan va Pochettino qo‘l ostida ham samarali o‘yin ko‘rsatgan. Hozir u asosiy tarkibga kira olmayapti, klub rahbariyati esa uning ketishiga yo‘l qo‘ymayapti.
Ommaviy axborot vositalari argentinalik murabbiy parijliklar bilan uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar tarqatmoqda.
Fikrlar