
Pochettino: "Real"? "Tottenxem"ni dunyoning hech bir jamoasiga almashmayman
So‘nggi yillarda “Tottenxem”ning APL va EChLda ko‘rsatayotgan barqaror o‘yinlari sabab jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Evropaning ko‘plab etakchi jamoalari diqqat markaziga tushdi.
“Men uchun dunyodagi eng muhim jamoa bu “Tottenxem”dir. U sayyoramizning eng kuchli klubi. Ayni damda mening 100% diqqat-e’tiborim ham faqatgina “Tottenxem”ga qaratilgan va men ushbu klubni dunyoning hech bir jamoasiga almashmayman. Chunki, mening hozirgi ishim barchasidan qiziqroq”, - deydi argentinalik mutaxassis The Guardian nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq, Madridning “Real” klubi Zidanning o‘rniga aynan Pochettinoni olib kelishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar