
Pochettino Son va "Tottenxem" o‘rtasidagi sirni ochdi
"Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning aytishicha, agar klub Son Xin Minga 2018 yil Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishga ruhsat bermaganida, u jamoadan ketgan bo‘lardi.
“Son Osiyo o‘yinlari sabab mavsumning dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Ammo, bu haqda hech kim gapirmaydi.
Son biz unga ishtirok etishi shart bo‘lmagan Osiyo o‘yinlariga ketishiga ruhsat berganimiz uchun ham hozir “Tottenxem”da. Biz o‘shanda unga nisbatan xudbinlik qilmadik va ketishini ta’qiqlamadik”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, o‘shanda Son majburiy harbiy xizmatni o‘tamasligi uchun Janubiy Koreya terma jamoasi safida Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozonishi kerak edi va yakunda u buni uddaladi.
Fikrlar