Pochettinoga PSJda birgina futbolchi yoqdi

  • 14 yanvar, 2021, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJni qabul qilib olganidan keyin yangi shogirdlariga qator talablarni qo‘ygan Maurisio Pocheetino ularning aksariyatini, xususan, Kilian Mbappeni ham tanqid qilgan edi.

Tecno

 Argentinalik mutaxassis Parij klubi sharafini himoya qilayotganlar orasida faqatgina Neymarni maqtadi.

- Neymar o‘ziga xos futbolchi va men undan mamnunman. Superkubok uchrashuvida Neymar g‘alaba to‘pini kiritdi. Shogirdlarim shu kuni yaxshi o‘ynadi, - dedi Pochettino.

“Tottenxem”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Maurisio Pochettino yanvar oyining boshida PSJni qabul qilib oldi. Frantsiya Superkubogi uchrashuvida PSJ futbolchilari “Marsel”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu Maurisio Pochettino uchun faoliyatidagi birinchi sovrin bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!