Pochettinoning iste’fosi "Tottenxem"ga qanchaga tushdi?

  • 20 noyabr, 2019, 14:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Maurisio Pochettino va uning murabbiylar shtabi "Tottenxem"dan iste’foga chiqarildi.

Tecno

The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik mutaxassis hamda assistetlarining ishdan olinishi “shporlar”ga taxminan 23 mln evroga tushgan.

Gap shundaki, Pochettino va “Tottenxem” o‘rtasida 2018 yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra uning tovon puli 14,6 million evro etib belgilangan edi. Bundan tashqari Xesus Peres, Migel D’Agostino va Antoni Ximenes kabi assistentlarining tovon pullarini qo‘shib hisoblaganda ushbu raqam yanada oshib ketadi.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” ayni damda 12 ta turdan so‘ng premer-liga jadvalida 14-pog‘onada bormoqda. Bu jamoaning 2008 yildan buyon qayd etgan eng yomon starti bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!