
Pochettinoning o‘g‘li "Tottenxem" bilan professional shartnoma imzoladi
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning o‘g‘li Mauritsio "shporlar" bilan professional shartnoma imzoladi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Biroq 18 yoshli argentinalik futbolchi londonliklar bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani noma’lum. U yangi mavsumda "Tottenxem"ning (U-23) o‘rinbosarlar jamoasida to‘p surishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Pochettino "Tottenxem"ning U-18 jamoasida o‘tgan mavsum 22ta o‘yin o‘tkazdi va 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar