
Pochettinoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 2 ta nomzod ma’lum bo‘ldi
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 2 ta mutaxassis nomzodi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Calciomercato.com nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar”ning yangi ustozi ayni damda ishsiz yurgan Joze Mourino yoki Massimiliano Allegri bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” o‘tgan hafta dastlab EChLda “Bavariya”dan (2:7), keyinroq esa APL doirasida “Brayton”dan (3:0) yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Pochettino shogirdlari hozirda 8 ta turdan so‘ng 11 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar