
Pogba: Haqiqatni gapir yoki jim tur!
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba APL 12-turi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan so‘ng, jamoa muxlislariga yuzlandi.
Oldinroq, frantsiyalikning agenti Mino Rayola mijozi klubni tark etishi haqida aytib o‘tgan, shundan so‘ng, uning kelajagi haqida turli gap-so‘zlar tarqalgan edi.
"Doimo "Manchester Yunayted", jamoadoshlarim, muxlislar uchun kurashganman va kurashishda davom etaman. Bekorchi gaplar - muhim emas. Kelajak oldinda, men uchun bugunim ahamiyatga ega, shunday ekan, o‘z ishimga 1000 foiz e’tibor qaratganman.
Biz doimo birgalikda kuchlimiz. Jamoadoshlarim bilan muammolar yo‘q va bu o‘zgarmaydi ham", - deya #SpeakTheTruthOrRemainSilent ("haqiqatni gapiring yoki jim turing – Sports.uz) tegi ostida post qoldirgan Pogba.
Fikrlar