Pogba: Ibrohimovich qaerda bo‘lsa ham topaman
"Manchester Yunayted"ga o‘tgan yili yozda qo‘shilgan va chempionatda jamoaning muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynayotgan jahonning eng qimmat futbolchisi Pol Pogba to‘purar hujumchi Zlatan Ibrohimovich haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Zlatan Ibrohimovich maydonning qaerida bo‘lmasin, uni topib. gol urishi uchun to‘pni etkazib bera olaman, - dedi Pol Pogba. - U murakkab to‘pni ham to‘xtata oladi, hujumni samarali yakunlashga qodir. Men uni topsam bo‘ldi. Mening o‘yinim ham unga yoqsa kerak.
Pol Pogba chempionat davomida Zlatan Ibrohimovichga uchta golli pas uzatdi.
SPORTS.uz

Fikrlar