Pogba kelishi uchun kimdir ketishi kerak!

  • 12 may, 2022, 18:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olishga shoshilmayapti. 

Frantsiyalik xavbekning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi. 

Parij klubi Pogba transferiga qizizish bildiryapti. Biroq muzokaralarga jiddiy kirishish uchun hali erta.

Parijliklar bir qator futbolchilar bilan xayrlashganidan so‘ng 29 yoshli yarim himoyachi bilan kelishuv borasida muzokaralarni davom ettirmoqchi. 

Ma’lumot uchun, Pogbaga PSJdan tashqari "Yuventus" hamda "Real" qiziqish bildirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!