
Pogba "Manchester Yunayted"da qoladi, chunki...
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham “Old Trafford”da o‘tkazadi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli frantsuzga qiziqish bildirgan hech bir klub “qizil iblislar”ning bu boradagi moliyaviy talablarini bajara olmagan. Ta’kidlash kerakki, MYu Pogba uchun 200 mln evro so‘ramoqda. Unga esa “Real” va “Yuventus” asosiy da’vogarlar hisoblanishardi.
Ma’lumot uchun, Pogba o‘tgan mavsum “Manchester Yunayted”da jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar