Pogba: MYu futbolchilari Sulsher jamoada qolishini istaydi

  • 21 mart, 2019, 00:20
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Sulsher bizga erkinlik berdi. Albatta, biz uning qolishini istaymiz. Jamoaning natijalari ajoyib ko‘rinishda. Mening u bilan munosabatim ham havas qilsa arzigulik darajada. Nafaqat mening, barcha futbolchilar u bilan yaxshi til topishib ketishgan.

Sulsher bu lavozimga munosib. U bu jamoadagi barcha narsani yaxshi biladi. Uning qo‘l ostida futbolchilar  futboldan rohatlanishmoqda va o‘zimizga bo‘lgan ishonch qaytdi. Biz kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurashni davom ettiramiz", - dedi frantsiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!