
Pogba Saudiya Arabistoni klubidan super taklif oldi
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba Saudiya Arabistonidan ajoyib taklif oldi.
Kecha, yakshanba kuni Italiya OAVlari "Al-Ittihod" ba’zasida Pogbani paydo bo‘lgani haqida xabar tarqatdi. Tashrif sabablari aniqlanmagan.
Manbalar xabariga ko‘ra, Pogba Saudiya Arabistoniga shartnoma bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan: "Al-Ittihod" futbolchiga yiliga 100 million evro maosh bilan uch yillik shartnoma taklif qilgan. Shu tariqa, yarim himoyachi transferga rozi bo‘lsa, 300 million evro ishlab oladi.
Pogbaning "Yuventus" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. 30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda o‘n marta maydonga tushib, bitta uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar