
Pogba va di Mariya debyut qilgan bahsda "Yuventus" Meksika klubini mag‘lub etdi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida bo‘lib o‘tgan "Yuventus" - "Gvadalaxara" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Turin klubi ishonchli 2:0 hisobida zafar quchdi.
Italiyaliklar tarkibida gollarni da Grasa va Kompanon kiritdi. Meksika klubiga bu bahsda gol urish nasib etmadi.
Ma’lumot o‘rnida, 27 iyul kuni "zebralar" "Barselona" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 05:30 da start oladi.
Fikrlar