Pogba yaqinlarini muhim yangilikdan boxabar qildi

  • 7 oktabr, 2021, 18:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish qaroriga keldi.

Tecno

L’Équipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 28 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘z yaqinlarini bu haqda ogohlantirgan. O‘z navbatida, Pogbaning yaqinlari MYu Polni premer-liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirishiga umid qilmoqda.

Pol Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!