
Pogbaga yangi shartnoma hozirlanmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pol Pogba bilan xayrlashishga shoshilmayati, deya xabar bermoqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano. Manbada qayd etilishicha, mankuniyaliklar 27 yoshli xavbek bilan shartnomani uzaytirish haqida bosh qotirmoqda.
2016 yil "Yuventus"dan 105 million evroga xarid qilingan Pogba MYuning eng qimmat transferi sanaladi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda 27 yoshli frantsiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar