
Pol Pogba MYudan ketishiga ishonmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba klubdan ketishga qaror qilgan.
Frantsiya matbuotiga ko‘ra, xavbek "Real"ga o‘tishiga qattiq ishonmoqda. Xabarlarga ko‘ra, u madridliklar mutasaddilari bilan gaplashib ham ulgurgan. Unga ko‘ra, prezident Florentino Peres Pogba uchun 50 million funtdan ortiq mablag‘ ajratmochi emas. Bosh murabbiy Zinedin Zidan esa ushbu transfer amalga oshishi tarafdori.
Oldinroq, Pogba jarohatdan forig‘ bo‘lgan, biroq MYu uchun boshqa maydonga tushishni xohlamayotgani xabar qilingandi.
Fikrlar