Politsiyasi MYu yulduzini haqorat qolgan muxlisni hibsga oldi

  • 16 noyabr, 17:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

London politsiyasi 8 noyabr kuni Angliya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga (2:2) qarshi o‘yinda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Mauntni haqorat qilgan 19 yoshli muxlisni qo‘lga oldi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, mazkur muxlis xodimlardan biri uning "qizil iblislar" futbolchisi sha’niga haqoratli so‘zlar aytganini eshitganidan keyin stadiondan chiqarib yuborilgan. Keyin bu xodim sodir bo‘lgan voqea haqida politsiyaga xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, muxlis "qasddan bezovta qilish, xavotir yoki noqulaylik tug‘dirish"da gumonlanib, hibsga olingan va tergov yakuniga qadar garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

Mauntning o‘zi muxlisning haqoratli so‘zlarini eshitmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!