Polshalik to‘purar top klubga o‘tmoqda

  • 9 iyul, 2020, 18:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi tez orada "Napoli" forvardi Arkadiush Milikni sotib olishi kutilmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “keksa sinora” 26 yoshli polshalik futbolchi uchun neapolliklarga 45 mln evro to‘laydi. Aytish kerakki, Milikning transferidan so‘ng, “Yuve” o‘zining argentinalik forvardi Gonsalo Iguain bilan xayrlashadi.

Milik joriy mavsum “Napoli” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urdi. Unga turinliklardan tashqari “Atletiko”dan ham qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!