
Pore: "Konor bilan jang? Bu eshiklar men uchun ypilgan"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Dastin Pore ikki divizion sobiq chempioni Konor Makgregor bilan to‘rtinchi jang haqida fikr bildirdi.
"Bizning Konor bilan tariximiz bor. Men engil vaznda unga yutqazdim, oradan etti yil o‘tib, uni ikki marta mag‘lub etdim. Men Konor bilan boshqa jang qilmayman. Bu jangni xohlamayman. Ushbu eshiklar men uchun yopiq.
Buni qilishimning yagona sababi puldir. Men ikki marta uni engdim. Buni yana qaytara olamanmi? Agar buni qayta qilsam, faqat pul uchun bo‘ladi. Bu esa boshqa masala", - dedi Pore.
Fikrlar