
Pore nima uchun "UFC 300" turnirida qatnashmasligini tushuntirdi
Engil vazn toifasidagi jangchisi amerikalik Dastin Pore navbatdagi jangini "UFC 300" yubiley turnirida emas, balki "UFC 299" musobaqasida o‘tkazishi sabablarini aytdi.
“Xanter Kempbell bilan muhokama qilganimizda "UFC 300" ning asosiy kardida jang qilishim yaxshiroq edi. Keyinchalik biz "UFC 299" da qatnashishni afzal ko‘dik va bu variant ancha qiziqroq tuyuldi. Qolaversa, turnir mening uyimga yaqin joyda o‘tkaziladi”, — deya Pore so‘zlarini keltiradi Sportskeeda.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 299" turnirida Pore(29-8-1 N/C) frantsiyalik Benua Sen-Deni(13-1-1 N/C)ga qarshi bahs olib boradi. Bahs 9 mart kuni Mayamida o‘tkaziladi.
Fikrlar