Pore: Xabib xato qilmaydi, biroq uni mag‘lub etishimga ishonaman
UFC engil vazn vaqtinchalik chempioni Dastin Pore, ushbu vazn chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi bahs haqida aytib o‘tdi.
- Tan olishim kerak, Xabib xatolarsiz harakat qiladi. Biroq uni mag‘lub etishimga ishonaman. Hech kim mukammal emas, - deya Porening so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN nashri.
Eslatib o‘tamiz, Dastin Pore UFC 236 turniri doirasida Maks Xolloueyni mag‘lub etib, UFC engil vazn vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar