
Portugal futbolida katta mojaro kelib chiqdi
Portugaliyaning “Portu” klubi aloqa va jamiyat bo‘yicha direktori Fransishku Markes Lissabonning “Benfika” klubini jodugar xizmatidan foydalanganlikda ayblamoqda.
“Portu” klubi “Benfika”ning gvineya-bisaulik jodu ustasi doktor Nxaga bilan elektron pochta orqali aloqa qilganligini va “Benfika”ning o‘yinlarida doimiy ravishda g‘ayrioddiy tarzda yordam berishi uchun 75 ming evro to‘laganini bildirmoqda.
Qayd etish joiz, “Portu” “Benfika”ni sportga xos bo‘lmagan yo‘llardan foydalangani uchun arz qilish huquqiga ega. Markes esa ushbu holatni “portugal futbolidagi katta mojaro” deb atadi.
Fikrlar