Portugaliya O'zbekistonga qarshi Ronaldusiz o'ynaydimi?

  • 02.06.2026 09:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Teylor Tvellman Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz yaxshiroq o‘ynayotganini ta’kidladi.

- Hozir Portugaliya termasi jamoasida Ronaldu faoliyati davomidagi eng kuchli jamoa yig‘ilgan.

Mening fikrimcha, Portugaliya Krishtianu maydonda bo‘lmaganda o‘zining eng yaxshi futbolini namoyish etadi, -  dedi amerikalik sobiq futbolchi.

Uning so‘zlarini ESPN kanalining Get Up dasturi X ijtimoiy tarmog‘ida keltirgan.

2026 yildgi jahon chempionati Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi oltinchi mundial bo‘ladi.

Uning eng yaxshi natijasi 2006 yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi to‘rtinchi o‘rin hisoblanadi.

2016 yilda esa Portugaliya terma jamoasi Ronaldu bilan birgalikda Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.

2026 yildgi jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu jamoasi “K” guruhidan chiqish uchun Kolumbiya, O‘zbekiston va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!