
Portugaliya terma jamoasi yulduzi diskotekada ishkal chiqardi
Portugaliya terma jamoasi va "Al-Hilol" futbolchisi Joau Kanselu hozirda Portugaliyada dam olmoqda va u erda ko‘ngilsiz voqeaga duch keldi. Bu hodisa Algarve kurort hududida yuz berdi, deb xabar qilmoqda Correo de Manha.
Kanselu diskotekadagi boshqa bir tashrif buyuruvchi bilan janjallashib qolgan va mushtlashib ketgan. Jabrlanuvchining og‘zidan qon oqayotgan bo‘lsa-da, qo‘riqchilar mojaroni tez orada bartaraf etishga erishdilar.
Shu bilan birga, Kanseluning xatti-harakatlari bo‘yicha hali rasmiy ariza topshirilmagan, ammo bu shunday bo‘lmaydi degani emas. Biroq, hozircha Joau rafiqasi Daniela bilan Portugaliyada qolishni davom ettirmoqda.
Fikrlar