Portugaliya terma jamoasida Ronaldу bo‘yicha rasmiy qaror e’lon qilindi

  • 10.10.2026 17:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi kapitani va «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi vaqtida jamoa qarorgohini tark etgani uchun vaqtincha chetlatildi. 

Portugaliya futbol federatsiyasi 41 yoshli hujumchiga nisbatan intizomiy ish ochdi. Avvalroq futbolchi qilganishi uchun omma oldida uzr so‘ragan edi. Endi u ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilishini kutishiga to‘g‘ri keladi.

«2026 yil 9 oktabrdagi noprofessional bo‘limi qaroriga ko‘ra, 7 oktabr kuni ma’lum qilingan holatlarning intizomiy ahamiyatini aniqlash maqsadida Krishtianu Ronalduga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atildi. Ish ochilguniga qadar amal qilgan avtomatik dastlabki chetlatishni hisobga olgan holda, futbolchini avtomatik bo‘lmagan tartibda vaqtincha chetlatishga qaror qilindi. Shuningdek, ishni ko‘rib chiqishga shoshilinch maqom berildi», — deyiladi federatsiyaning rasmiy bayonotida.

Ronalduning terma jamoa qarorgohini tark etishi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklardan keyin sodir bo‘lgan. Bundan avval hujumchi Millatlar ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi o‘yinda zahirada qolgan edi. Ushbu bahsda Portugaliya 2:1 hisobida g‘alaba qo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!