Portugaliyalik sobiq futbolchi: "Ronaldu shunchaki robot"

  • 10 sentabr, 2024, 15:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik sobiq futbolchi Koshtinya Krishtianu Ronalduning professional fazilatlari haqida gapirdi.

"Mashq qilishdan oldin u bilan bir necha bor sport zaliga qanday borganimizni eslayman. Men sport zaliga bormas edim. Lekin u mashg‘ulotlarda o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgani uchun bordi. Tasavvur qiling-a, u Fernando Kouto bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. U jismoniy yuklamaga bardosh bera oladimi va kuchliroq futbolchiga qarshi kurasha oladimi yoki yo‘qligini bilish uchun sport zalida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdi.

Xuddi shunday, u hamisha tezligini oshirishni, hammadan tezroq bo‘lishni xohlardi. O‘shanda ham, 18 yoshida u aql bovar qilmaydigan irodaga ega edi. Shuning uchun u nima qilayotgani meni ajablantirmaydi. U ajoyib futbolchi va ajoyib inson, haqiqiy professional. Men uning oldida shlyapani echaman. Chunki u har doim o‘z kasbida eng zo‘r bo‘lishga intiladi.

Hammasi uning tafakkuriga, qat’iyatiga, ambitsiyalariga bog‘liq. U eng yaxshi bo‘lish uchun nima qilish kerakligini biladi. U har doim deyarli butun mavsum davomida o‘z saviyasini saqlab qoladi va bu meni ajablantirmaydi. Menimcha, hozir ham u nega deyarli 40 yoshida ham Portugaliya kabi jamoaning sardori ekanligini ko‘rsatmoqchi.

- Ronaldu faoliyatida 1000 ta gol uradimi?

- Menimcha, bu ko‘p omillarga bog‘liq. Kelajakda nima bo‘ladi ya’ni u o‘ynashni davom ettirmoqchimi yoki yo‘qmi asosiy omil mana shu. Endi iloji bo‘lsa shuni amalga oshirishga harakat qilsa, bu ishni uddalay olishiga shubham yo‘q", - dedi Portugaliya termasining sobiq yarim himoyachisi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!