Poytaxt derbisiga rekord darajada muxlislar keldi

  • 25 may, 2018, 20:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Pepsi Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Toshkent derbisida esa “sherlar” 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. O‘yindagi yagona gol 6-daqiqada Tiago Bezerra tomonidan kiritildi.

O‘FA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun “Paxtakor” markaziy stadioniga 23 446 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Qayd etish joiz, mazkur jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuzatish uchun xaligacha bunday ko‘p muxlislar tashrifi kuzatilmagan edi.

Bundan oldingi rekord natija birinchi davrada “Bunyodkor” stadionida kechgan  bellashuvda qayd etilgan edi. Mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga etgan o‘yinni 20 168 nafar muxlis bevosida stadiondan turib kuzatgan edi.

2008 yilgi poytaxt derbisini esa 18 mingdan ziyod muxlis tomosha qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!