Poytaxtlik paralimpiyachilar 100 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi

  • 17 iyul, 2021, 15:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “2020-yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, mavjud sport salohiyati va imkoniyatlaridan maksimal darajada oqilona foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilarning yuqori sifatli tayyorgarligini va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Tecno

Turizm va sport vazirligi rasmiy saytining xabar berishicha, Toshkent shahri nomidan Tokio-2020 Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan sportchilarni bo‘lajak nufuzli musobaqada faqat g‘alaba sari intilishlari hamda ulkan natijalarga erishib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarishlari uchun ruhlantirish maqsadida Toshkent shahar hokimining tashabbusi bilan poytaxtlik olimpiya va paralimpiya sportchilarning har birini 100 million so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahridan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 3 nafar sportchi litsenziya qo‘lga kiritgan. Bular:

1.Doniyor Saliev – para engil atletika

2.Safiya Burxanova – para engil atletika

3.Nigora Mirzoxidova – para suzish

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!