
"Prague Junior European Cup 2025" turniri. O‘zbekiston Yaponiyani ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi
Chexiya poytaxti Praga shahrida yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan "Prague Junior European Cup 2025" musobaqasi yakunlandi.
Dunyoning 4 qit’asi 32 davlatidan jami 428 nafar dzyudochi qatnashgan Evropa Kubogi Kamol Murodov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun omadli keldi.
Dzyudochilarimiz ikki kunlik murosasiz bellashuvlarda 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Yaponiya va Serbiya terma jamoalari ham biz kabi 3 tadan oltin va 1 tadan kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Ikkita bronza medali yakunda umumjamoa hisobidagi peshqadamligimizni ta’minlab berdi. Shuning o‘ziyoq Pragadagi turnir qay darajada murosasiz kurashlar ostida o‘tganidan dalolat bermoqda.
Oltin medallar:
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
+78 kg: Umida Nig‘matova
Kumush medal:
+100 kg: Fazliddin Rafikov
Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar