Premer-liga klubi “Neftchi”ni engolmadi
O‘zbekiston Superligasining birinchi davrasini mag‘lubiyatsiz yakunlagan yagona jamoa – “Neftchi” Ekaterinburgda Rossiya Premer-ligasi vakili “Ural” futbolchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Bu o‘yinga “Istiqlol” stadioni mezbonlik qildi.
Qizg‘in o‘tgan bellashuvda tomonlar harchand urinmasin bir-birining darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Bahsda golsiz durang qayd etildi.
“Neftchi” va “Ural” jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 13 iyul kuni Ekaterinburgda tashkil etiladi.
“Ekaterinburg arena”dagi bo‘lajak bahs so‘nggi 23 yildagi ilk xalqaro uchrashuv bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, farg‘onaliklar joriy mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda va birinchi davradan keyin 25 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi pog‘onani egallab turibdi.
“Ural” futbolchilari esa, Rossiya Premer-ligasi bahslarini 11-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar