Prezident Anchelottiga Braziliya terma jamoasiga kimlarni olishni aytdi
Braziliya Prezidenti Lula milliy terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan mahalliy chempionatda o‘ynayotgan futbolchilarga ko‘proq ishonch bildirishni so‘radi.
Uning ta’kidlashicha, Braziliya chempionatida yetarlicha kuchli futbolchilar bor va ularga terma jamoa eshiklari keng ochiq bo‘lishi kerak.
«Agar uning o‘rnida bo‘lganimda, Braziliya chempionatida to‘p surayotgan eng kuchli 22 futbolchini tanlab, terma jamoaga chaqirgan bo‘lardim. Hozir esa asosan chet elda o‘ynayotganlar chaqirilyapti — hatto agar ular ikkinchi divizion klublarida to‘p sursa ham. Evropada zahirada o‘tirib qolgan o‘yinchilar ham bor, ammo baribir milliy jamoa ro‘yxatiga kirib qolishyapti», — deya Lulaning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi joriy yil yozida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi va musobaqani 1/8 final bosqichida tark etdi.

Fikrlar