
Prezident: Kike Seten "Barselona"da qoladi
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning so‘zlariga ko‘ra, bosh murabbiy Kike Seten iste’foga chiqarilmaydi.
“Seten bilan kelasi mavsumga ham mo‘ljallangan shartnoma bor. Bir necha oylik faoliyatdan so‘ng murabbiyga baho berish qiyin.
Biz bosh murabbiyni almashtirishni umuman o‘ylab ko‘rmadik va bu borada hech kim bilan gaplashmadik. Xavi bilan shunchaki munosabatlarimiz yaxshi bo‘lgani uchun gaplashib turamiz. U yaqindagina o‘z klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Vaqti kelib, u albatta “Barselona”ni boshqaradi, faqat buni qachon bo‘lishini uning o‘z tanlaydi”, - deydi Bartomeu.
Eslatib o‘tamiz, Seten “Barselona”ga yanvarda Ernesto Valverde o‘rniga kelgan edi. “Ko‘k-anor ranglilar” yakunlangan mavsum La Ligada “Real”dan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.
Fikrlar