
"Prezident kubogi". O‘zbekistonlik 3 nafar shaxmatchi turnir peshqadami bo‘lib turibdi, 4-tur bahslari esa shunchaki "yonishi" kutilmoqda
Bugundan boshlab, Toshkentda "Prezident kubogi" davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi.
Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.
Kecha mazkur musobaqada 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda Javohir Sindarov Mixail Nikitenkoni taslim etdi. Shuningdek, ikki etakchi shaxmatchilarimizdan hisoblangan Nodirbek Abdusattorov hamda Muhiddin Madaminov bahsida Abdusattorov zafar quchdi. Bundan tashqari, Nodirbek Yakubboev hindistonlik Chandra Prasadga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi.
Quyida 3-turda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Qayd etish lozim, 3-turdan so‘ng turnir jadvalining ilk uch pog‘onasini o‘zbekistonlik shaxmatchilar band etib turibdi: Kutilmagan holatlardan biri 2447 reyting ballga ega Ortiq Nig‘matov ayni damda peshqadam hisoblanadi. Hozircha 5 ta shaxmatchida bir xil 3 ochkodan mavjud.
Shuningdek, bugun 4-tur uchrashuvlari davom ettiraladi. Ushbu turda turnir jadvalining 1 va 3-o‘rinlarini band etib turgan Ortiq Nig‘matov va Javohir Sindarov o‘zaro bahs olib boradi. Shuningdek, 2-o‘rinda borayotgan Nodirbek Abdusattorov 4-pog‘onadan joy olgan Murali Kartihikeyan bilan kuch sinashadi. Katta ehtimol bilan ushbu turda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar turnir jadvalida yuqori o‘rinlar uchun kurashda yaqqol favoritlarni aniqlab beradi.
Fikrlar