Prezident yana bir dzyudochimizni tabrikladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining telegram kanalida dzyudochimiz Muzaffar To‘raboevni g‘alaba bilan tabriklagani haqida ma’lum qildi.
"Videoselektor yig‘ilishi davomida Prezidentimizga Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati finalida hamyurtimiz Muzaffarbek To‘raboev o‘z raqibini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lgani haqida xabar berildi. Davlatimiz rahbari ushbu yangilikni katta mamnuniyat bilan qarshi olib, sportchimiz va butun xalqimizni g‘alaba bilan tabrikladi", - deyiladi xabarda.



Fikrlar