
Pro-liga. "Andijon" "Turon"ni quvishda davom etadi
Pro-liga 10-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Zomin" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida gollarga Sherzod Esanov va Goron Milochko mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Muhammad Odilov hisobiga qayd etildi.
Mazkur natijadan so‘ng "Andijon" ochkolari sonini 21 taga etkazib, 2-o‘rinni mustahkamlab oldi. "Zomin" hisobida 6 ochko mavjud bo‘lib, jamoa so‘nggi pog‘onani band etgan.
Fikrlar