Pro liga. “Aral” “Olimpik MobiUZ”ni, “Kattaqo‘rg‘on” esa “G‘azalakent”ni mag‘lubiyatga uchratdi
Pro liganing 3-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv yakunlandi.
Birinchi bellashuv Qoraqalpog‘istonning “Aral” hamda Toshkentning “Olimpik MobiUZ” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu bahs qoraqalpoqlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol 70-daqiqada Javohir O‘tamurodov tomonidan kiritildi.
Kunning ikkinchi bahsda esa “G‘azalkent” va “Kattaqo‘rg‘on” jamoalari kuch sinashdi. Bu bellashuvda samarqandliklar Bo‘stonliq jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Dastlab uchrashuvning 55-daqiqasida Fransis Narh hisobni ochishga erishgan bo‘lsa, 72-daqiqada esa Izzatillo Abdulhaqov “Kattaqo‘rg‘on”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
- O'zbekiston - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Aral
- Rasul Musaev 70'
Tugadi
1
:
0
17.04.2026 17:30
Olimpik Mobiuz
- O'zbekiston - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Gazalkent
Tugadi
0
:
2
17.04.2026 19:30
Kattaqurgon
- Francis Narh 55'
- Izzatillo Abdulkhakov 73'

Fikrlar