Pro-liga. Birinchi bo‘lib gol urgan "Andijon-SGS" "G‘ijduvon"ga mag‘lub bo‘ldi

  • 18.04.2023 20:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun "G‘ijduvon" - "Andijon-SGS" bahsi bilan Pro-liganing 6-turi boshlandi. To‘qnashuv mezbonlarning 3:1 hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Dastlab, andijonliklar 8 daqiqada penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Ketma-ket hujumlarga uyushtirgan "G‘ijduvon" vakillari 34 daqiqada Firdavs Asadovning goli evaziga muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunida Muhammad Odilov Buxor jamoasini oldinga olib chiqdi. Bir daqiqa o‘tib, Muslim Qurbonov ham darvozani ishg‘ol qilib hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. 

Shu tariqa, buxoroliklar mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonladi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!