Pro liga klubi moliyaviy qiyinchilik sabab Farg‘onaga bora olmaydi

  • 10.11.2025 14:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Pro liganing 20-turida doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Olimpik" — FarDU jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘tkazilmaydi. Bu haqda UzPFL xabar berdi.

"Olimpik" klubi Ligaga rasmiy xat yo‘llab, moliyaviy qiynchilik sababli Pro liga 20-turidan o‘rin olgan FarDU jamoasiga qarshi bahs uchun Farg‘ona shahriga bora olmasligini ma’lum qildi.

Shundan kelib chiqib, Superliga va Pro liga reglamentining 9.11 bandiga asosan, "Olimpik" jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, FarDU jamoasiga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yoziladi", — deyiladi liga bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!