
Pro liga. Markaziy o‘yinda "Lokomotiv" "Qo‘qon-1912"dan ustun keldi
Pro liga 17-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "temiryo‘lchilar" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni 2:1 hisobida taslim etdi.
Dastlab, Abubakr Rizo Turdialiev 33-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada Ma’ruf Jumaev oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Faqatgina 87-daqiqaga kelib, Shahzod Beshimov oradagi farqni qisqartirdi.
Shu tariqa, "Lokomotiv" hisobidagi ochkolari sonini 36 taga etkazib qo‘ydi va Pro liga jadvalida peshqadamga aylanib oldi. 32 ochkosi bor "Qo‘qon-1912" 3-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar